Site haritasi
Bozorning yangiligi
24.01.18
Интерпластика 2018 это 21-я международная специализированная выставка пластмасс и каучуков которая пройдет с 23 по 26 января 2018 года в ЦВК «Экспоцентр» (Россия, Москва, Краснопресненская наб., 14).

Kompaniyaning yangiligi
28.03.18

8-чи ХАЛКАРО КУРГАЗМАСИ «UZCHEMPLASTEXPO – КИМЁСАНОАТЫ, ПЛАСТМАССА ВА РЕЗИНА ИШЛАБ ЧИКАРИШ»

Sheriklar

2008 yil 21 fevralida Asaka avtomobil zavodi asosida – " GM Uzbekistan " yangi qo`shma korxonasi o`z faoliyatini boshladi.  " General Motors Uzbekistan " korxonasining ta`sischilari bilan birga AK " Uzavtosanoat" so`zga chiqdi. " General Motors Uzbekistan "  qo`shma korxonasi Chevrolet  yengil avtomobillarini ishlab chiqaradi va 60-dan ortiqroq ichki dilerlik korxonalari orqali sotuvga chiqariladi. Ayni paytda  " GM Uzbekistan " Yopiq Aksiadorlik Jamiyati 8 hil avtomobillarni ishlab chiqaryapti: " Damas ", " Matiz ", " Spark", " Nexia ", " Cobalt ", " Lacetti ", " Captiva ", " Malibu ". " GM Uzbekistan " Yopiq Aksiadorlik Jamiyati yetti ming kishidan ortiqroq xodimlarni tashkil etadi.

1995 yil yanvarda АК " Uzavtosanoat" – o`zbek tomonidan " KoramPlasticCо LТD " – Koreya tomonidan korxonalar o`rtasida imzolangan birgalikdagi kelishuvlar asosida  “Uz Koram Ко” yopiq aksiadorlik jamiyati yaratilgan. АК " Uzavtosanoat " va "Sabr Kо LTD " kompanoyasining aksiyalariga egadirlar . Kompaniya  " GM Uzbekistan " yopiq aksiadorlik jamoyatida ishlab chiqarilayotgan avtomobillar uchun plastmas shu kabi bamperlar va instrument panellar uchun narsalar ishlab chiqaradi. Ayni paytda kompaniya xalqaro SGS akkreditasiya tashkiloti bilan  ISO9001 : 2008, ISO14001 : 2004 ва OHSAS18001 : 2007 standartlari bilan sertifikatlangan.  

«O`z-Dong Yang Ko» O`zbek-Koreya qo`shma korxonasi 1996 yil Janubiy Koreyaning «Dong Yang Yevxa Indastriz Ko LTD» korxonasi va «O`zavtosanoat» aktsiyadorlik kompaniyasi o`rtasida imzolangan kelishuvdan so`ng o`z faoliyatini boshladi.Korxona «GM-Uzbekiston» zavodi tomonidan ishlab chiqarilayotgan Nexia, Damas, Matiz va Spark avtomobillarini ichki qoplama deyallari bilan ta`minlab berish uchun tashkil etilgan. Ushbu tashabbus orqali avtomobil detallarini import xajmini qisqartirish va bu bilan davlat valyuta zaxirasini tejab qolish ko`zda tutilgan, shuningdek yangi ishchi o`rinlar yaratish mo`ljallangan. O`zbekistonda ishlab chiqarolayotgan avtomobillar uchun kerakli butlovchi qismlarni maxalliy korxonalarda ishlab chiqarish dasturi amalga oshirildi. Korxonada asosan avtomobil ichki jixoz detallari ishlab chiqariladi. Bular qatoriga eshik ichki qoplamalari, avtomobil tom qoplamalari, pol to`shamalari kiradi. Bulardan tashqari hozirda avtomobil o`rindiqlari uchun g`iloflar ishlab chiqarish yo`lga qo`yilgan. Korxonada ilg`or kompaniyalaridan bol`gan Janubiy Koreyaning «Dong Kvang Tek Ko LTD» texnologiyalari va «Hosung» kompaniyasi tomonidan tayyorlangan presslash uskunalari bilan jixozlangan. «Dong Kvang Tek Ko LTD» zavodlarida o`z malakalarini oshirib qaytgan korxona ishchi-xodimlari o`zlarining kasbiy maxoratlarini yuqori darajaliligi bilan ajralib turadilar. Korxonada 600 dan ziyod ishchi va xizmatchilar ishlaydilar. 2007 yil korxonada ISO 9001:2000 xalqaro standartiga muvofiqlik sifat tizimini boshqarish yo`lga qo`yildi. Korxonada ko`pchig`iriqli sifat tekshirish tizimi yo`lga qo`yilgan – xom-ashyo sifatini uni kirib kelishidan tortib to korxona tomonidan ishlab chiqarilgan tayyor maxsulotlargacha nazoratlari kuchaytirilgan. 2008 yil ishlab chiqarish natijalariga asosan korxona tomonidan 2453 ming dona avtomobil ichki qoplama jixozlari ishlab chiqarilgan. «O`z-Dong Yang Ko» qo`shma korxonasining asosiy xamkorlari sifatida «GM-Uzbekiston» avtomobil zavodi, «O`z-Tong Xong Ko» (avtomobil o`rindiqlari ishlab chiqaruvchi) qo`shma korxonalarini e`tirof etish mumkin. Korxonada ishlab chiqaruvchi korxonalarning ma`lum qismi O`zbekiston Respublikasi xududidagi avtomobillarga texnik xizmat ko`rsatuvchi servislar va savdo firmalari tomonidan realizatsiya qilinadi.