Site haritasi
O`zbekistonda birinchi va yagona kompaundlar ishlab chiqarish
Oliy sifatli mahsulot
Yetakchi texnologiyalar

Kompaniya haqida

Ma’suliyati cheklangan jamiyat shaklidagi "AVTOSANOAT-CEPLA" qo'shma korhonasi O’zbekistonda birinchi va hozirda yagona ishlab chiqarish korhonasi bo’lib, polipropilen, akrilonitril butadien stirol (ABS), poliamid va boshqa polimerlar asosida kompozitli materiallar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.  

MChJ "AVTOSANOAT-CEPLA " qo'shma korhonasining rivojlanish tarihi 2012 yilning sentabridan boshlanadi. Korhonaning ta'sischilari AK "Uzavtosanoat" ( O’zbekiston ) va "CEPLACo. LTD" ( Koreya ) kompaniyalari  hisoblanadilar.  AK "Uzavtosanoat" O’zbekistonning yirik avtomobil sanoati korhonasi bo'lib,  O’zbekiston Respublikasidagi 30 dan ortiqroq yirik va o’rta kompaniya va  korhonalarni birlashtiradi. AK "Uzavtosanoat" asosiy faoliyati yengil avtomobillar, avtobuslar, yuk mashinalarini va butlovchi qismlarni ishlab chiqarish hisoblanadi. Koreya Respublikasining " GM Korea " kompaniyasiga karashli  CEPLA Co., Ltd   kompaniyasi polimer kompaundlar yagona ishlab chikaruvchi hisoblanadi.

Korhonamiz o’zining ishlab chiqarish bazasi, polipropilen, polietilen kompaund ishlab chiqarish tarmog'i, zamonaviy laboratoriyasi, hom-ashyo va tayyor mahsulot omborlari va malakali muhandis-tehnik hodimlariga ega. Iste'molchilar uchun yuqori sifatli mahsulotni belgilangan muddatlarda ta’minlab beradi.

Bizning asosiy iste’molchilar avtokomponent, maishiy tehnika, yelektrotehnika, qurilish materiallarni va boshka mahsulotni ishlab chiqaruvchi korhonalar  hisoblanadilar.

                                               

 MChJ " AVTOSANOAT-CEPLA " qo'shma korhonasi mahsulotlarni ishlab chiqarishda zamonaviy uskunalar va ilg'or tehnologiyalar yordamida, dunyo miqiyosidagi yirik ishlab chiqaruvchilar tomonidan  yetkazib beriladigan oliy sifatli hom-ashyo asosida amalga oshiriladi. Korhonada ishlab chikarilyjotgan mahsulotning sifatini nazorat qilishda asosiy o'rinni akkreditatsiyadan o'tkazilgan laboratoriya egallaydi. Laboratoriya jahon ishlab chiqaruvchilaridan (Tinius Olsen, Siemens ) zamonaviy yuqori aniqlilik darajasiga ega bo'lgan uskuna, fizik-mehanik va termichek tekshiruvlarni o'tkazishga, shuningdek kompaundlarning yangi turlarini mustaqil ishlab chiqarishga imkoniyat yaratib beradi. Ishlab chiqarishda hom-ashyo qadoqlanishiga qadar ya`ni tayyor mahsulot holiga keltirilishigacha bo'lgan barcha bosqichlarni sifat nazoratidan o'tkaza oladi.

Ma`suliyati cheklangan jamiyat shaklidagi " AVTOSANOAT-CEPLA " qo`shma korxonasi YoAJ "GM-Uzbekiston" korhonasining ta`minotchilaridan biri, shuningdek O`zbekistonda maishiy texnika va qurilish materiallari ishlab chiqarish korhonalarining ishonchli hamkori hisoblanadi. Biz mahsulotlarimizning sifati va ishonchliligini kafolatlagan holda, o'zaro manfaatli hamkorlikka tayyor ekanimizni bildiramiz. Sizni sheriklarimizning qatorida ko`rishdan mamnun bo`lamiz.


BIZNING MAQSAD:

  • Avtomobil plastik butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchilariga hozirgi zamon jahon standartlariga mos keluvchi oliy sifatli polipropilen kompaund materiallarni yetkazib berish.
  • Texnik qayta shakllantirish, texnologik jarayonlarni takomillashtirish, mahsulotni sifatini oshirish, ishlab chiqarish quvvatlarini va texnologik jarayonlar imkoniyatini oshirish. 
  • Tarmoqda yetakchi o'rinni saqlash, mahsulot assortimentini kengaytirish, turli yo'nalishlarda ishlab chiqarisni diversifikatsiya qilish.
  • Avtomobil plastik butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi mahalliy korhonalarning import hom-ashyoga qaramligini pasaytirish.